Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Nur-Sulton va Olmaota shaharlarida ruxsat etilmagan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Daryo.uz.
Namoyishchilar Respublika shoh ko‘chasi va Kenesari ko‘chasi bo‘ylab yurib, hokimiyatni haqqoniy va adolatli saylovlar o‘tkazishga chaqirgan.
Poytaxt politsiya departamenti rahbari Yerjan Sadenov va uning o‘rinbosari Bakitjan Malibayev Nur-Sultonda to‘plangan odamlarni tarqalishga chaqirgan va politsiyachilar ishi bo‘yicha shikoyatlarni ko‘rib chiqishga va’da bergan.
Olmaotada bunday namoyishlar Gorkiy nomidagi bog‘da bo‘lib o‘tgan. Qayd etilishicha, har ikkala shaharda to‘plangan namoyishchilar bilan prokuratura va hokimlik ma’muriyati vakillari suhbatlashgan. Shuningdek, ayrim namoyishchilar qo‘lga olingani aytilmoqda.
«Sizlar noqonuniy miting o‘tkazyapsiz. Buning uchun ruxsat olishingiz kerak edi. Ma’muriy javobgarlikka tortilishingiz mumkin. Iltimos, tarqaling...», — degan Olmaotada to‘plangan namoshiychilarga qarata Medeu tumani prokurori Asxat Jakupov.
Qozog‘iston prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylov 2019 yil 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq saylov natijalari 16 iyundan kechikmasligi, ushbu lavozimga to‘qqiz kishi da’vogarlik qilayotgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi