O‘zbekistonning turistik salohiyati Tokio metrosida reklama qilinmoqda. Qo‘hna Samarqand va Buxoroning diqqatga sazovor tarixiy joylarining rango-rang suratlari aks etgan reklama bannerlari Tokio metrosining “Shinjuku”, “Otemachi” va “Ikebukuro” stansiyalarida joylashtirilgan.
Reklama bannerlaridagi “O‘zbekiston – Buyuk Ipak yo‘lining yuragiga xush kelibsiz” chaqirig‘i va O‘zbekistonning yorqin suratlari yaponiyaliklarni befarq qoldirmasligi kerak.
Yaponiya poytaxti metrosidagi reklama kampaniyasi Kunchiqar mamlakat aholisini o‘ziga jalb qilishi va olis yurtdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimining yanada ko‘payishiga turtki berishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?