07:48 / 06.05.2019
3 198

Tayvanlik yutib yuborgan quloqchin uning oshqozonida ishlashda davom etgan

Tayvanlik yutib yuborgan quloqchin uning oshqozonida ishlashda davom etgan
Tayvanlik erkak uxlab yotganida Apple AirPods simsiz quloqchinlarini yutib yuborgan. Biroq shunga qaramay quloqchin uning oshqozonida ishlashda davom etgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, erkak qo‘shiq tinglab, uxlab qolgan. U uyg‘onganda bitta quloqchinining yo‘qligini aniqlagan. Shundan keyin u quloqchinni qidirish funksiyasini ishga tushirib, tovush uning oshqozonidan kelayotganini aniqlagan.

Erkak shifoxonaga murojaat qilganda shifokorlar uni suratga tushirib, quloqchini ovqat hazm qilish yo‘lida ekanini aniqlashgan. Keyinroq quloqchin erkakning organizmidan tabiiy yo‘l bilan chiqib ketgan.

20 mart kuni Apple 2-avloddagi AirPods quloqchinlarini taqdim etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tayvanlik yutib yuborgan quloqchin uning oshqozonida ishlashda davom etgan