09:36 / 08.05.2019
2 825

Fransiyadagi maktabda sinflar soni qisqartirilishiga qarshi antiqa yo‘l tutildi

Fransiyadagi maktabda sinflar soni qisqartirilishiga qarshi antiqa yo‘l tutildi
Fransiya sharqidagi Kre-an-Beldon kommunasidagi boshlang‘ich maktablardan birida sinflar qisqartirilishiga qarshi kurash doirasida 15 ta qo‘zichoq o‘quvchilar sifatida maktabga qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Sinflarning qisqartirilishi zarurati o‘quvchilarning soni kamayib ketgani bilan tushuntirilgan. Ota-onalar buning oqibatida sinflarda o‘quvchilar sonining oshishi va mos ravishda, ta’lim sifatining yomonlashishi mumkinligidan shikoyat qilishgan.

Shunda mahalliy fermerlardan biri maktabga qo‘ylar podasini olib kelgan va podadan 15 ta qo‘zichoq maktab o‘quvchilari ro‘yxatiga kiritilgan. Ta’kidlanishicha, “yangi o‘quvchilar”ning har birida tug‘ilganlik haqida guvohnoma bor. Ushbu aksiyani mer Jan-Lui Mare qo‘llab-quvvatlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyadagi maktabda sinflar soni qisqartirilishiga qarshi antiqa yo‘l tutildi