Bugun, 8 may kuni Moskvada «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirill, «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va bolalar futboli murabbiyi Aleksandr Protasovitskiy ishi bo‘yicha sud ishi yakunlandi.
Presnya sudi hukmiga asosan, aka-uka Kokorinlar 1 yil-u 6 oy, Mamayev va Protasovitskiy 1 yil-u 5 oy muddat umumiy tartibli koloniyada jazo o‘tashi belgilandi.
Ayblanuvchilar 2018 yil oktyabr oyidan buyon tergov hibsxonasida saqlanayotgani, tergov izolyatoridagi bir kun koloniyadagi 1,5 kunga tenglashtirilgani hisobiga Mamayev va Protasovitskiy 2019 yil noyabr oyida, Kokorinlar esa dekabrda ozodlikka chiqishadi.
Jinoiy ish figurantlari 2018 yil 8 oktyabr tongida Moskva markazida ro‘y bergan ikkita mushtlashuvda ishtirok etishgan, hodisa oqibatida haydovchi Vitaliy Solovchuk, Minpromtorg departament direktori Denis Pak va «NAMI» ilmiy markazi bosh direktori Sergey Gaysin jarohat olishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi