17:02 / 12.05.2019
11 656

«Istanbullik kelin» seriali bosh qahramoni Sureyya (Asli Enver) haqida ma’lumotlar

«Istanbullik kelin» seriali bosh qahramoni Sureyya (Asli Enver) haqida ma’lumotlar
10 may kuni «Istanbullik kelin» serialining bosh qahramoni Sureyyani jonlantirgan aktrisa Asli Enver 35 bahorni qarshi oldi. Shu munosabat bilan u haqda qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladik.

Hozirga kunda eng mashhur turk aktrisalaridan biri Asli Enverning bolaligida disleksiya muammosi bo‘lgan. Bu muammoga ega bolalar o‘qish va yozishda qiyinchilik sezadilar.

Hayotining ilk o‘n ikki yilini tavallud topgan shahri Londonda o‘tkazgan.

Aktrisalik kasbida eng yoqtirmagan narsasi sovuq vaqtda bo‘ladigan suratga olish ishlari. Sovuq qotgan paytlarda injiqlik qila boshlashini tan oladi.

2012-2015 yillarda hamkasbi Birkan Sokullu bilan qonuniy nikohda bo‘lgan.

Hozirgi sevgilisi Murat Boz bilan birgalikda suratga tushgan film tasvirga olish jarayonida tanishgan, lekin ishqiy munosabatlari Murat Boz hakamlik qiladigan vokal tanlovida ishtirokidan keyin boshlangan.

Asli Enver haqida to‘liqroq ma’lumotni bu yerdan topishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Istanbullik kelin» seriali bosh qahramoni Sureyya (Asli Enver) haqida ma’lumotlar