20:11 / 13.05.2019
4 976

Imomali Rahmon yolg‘onchi amaldorni sharmanda qildi (video)

Imomali Rahmon yolg‘onchi amaldorni sharmanda qildi (video)
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan bo‘lgan yig‘ilishda bojxona xizmati xodimini so‘roq qilib, uning yolg‘onchi ekanligini fosh qildi deb ma’lum qiladi Sof.uz.

Prezidentning mazkur bojxona xodimi bilan qilgan suhbati “Tojikiston” markaziy davlat telekanali orqali efirga uzatildi.
Rahmon amaldorni mikrofon qarshisiga chorlab, quyidagi savollarni beradi:

Imomali Rahmon: Necha yildan beri ishlabyapsan?
Bojxonachi: Bir yilu sakkiz oy.

Imomali Rahmon: Bir yilu sakkiz oy? Nechta uying bor? Rostini ayt!
Bojxonachi: Uchta.

Imomali Rahmon: Nechta mashinang bor?
Bojxonachi: Bitta.

Imomali Rahmon: Bitta emas, to‘g‘risini ayt. Qo‘limda ma’lumotlar bor.
Bojxonachi: Ikkinchisi meniki emas. Bittasi mening nomimda.

Imomali Rahmon: Bittasi boshqa kishining nomida, bittasi esa sening nomingda. Mashinang necha pul turadi?
Bojxonachi: ... (sukunat)

Imomali Rahmon: Nechta xorijiy tilni bilasan?
Bojxonachi: Uch tilni bilaman.

Imomali Rahmon: Qaysi oliygohni bitirgansan?
Bojxonachi: Rossiya dipakademiyasini, Muhtaram janob...

Imomali Rahmon: Yolg‘on aytyapsan, bitirmagansan.
Bojxonachi: Davlat xizmati... shunday, shunday.

Imomali Rahmon: Bitirmagansan, yolg‘on gapirma!
Bojxonachi: Ha, bitirmaganman, Muhtaram janob, sababi shundaki...

Imomali Rahmon: Savodsizliging uchun haydab yuborishgan. Nega davlat rahbarining farzandlari nomidan gapirasan? Yosh kadr ahvoliga qarang! Gunohing boshingdagi sochingdan ham ziyod. Tushundingmi? Qayerda ishlagan bo‘lsang, hamma joyda senga jazo berib, haydab yuborishgan. Seni qanday qilib ishga olishganiga hayronman. Hech kimga itoat qilmaysan. Hatto salom bermaysan! Nima, osmondan tushganmisan? Qonun nima kim uchun? Gunohing yo‘qmi? Kamchiliging yo‘qmi?
Bojxonachi: Bor, bor.

Imomali Rahmon: Borasanda, arizangni yozasan, yo‘qolasan! Yoshsanda, bo‘lmasa kamida 15 yil qamoqda o‘tirarding.

Suhbat so‘ngida Rahmon amaldorga xorijga chiqarib yuborgan pullarini qaytarishni buyurdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Imomali Rahmon yolg‘onchi amaldorni sharmanda qildi (video)