Erkak 116 ta mixni qanday yutib yuborganini eslay olmadi (foto)

  • 15 may 2019, 23:33
  • 1 025
  • Dunyo
  • Erkak 116 ta mixni qanday yutib yuborganini eslay olmadi (foto)
    Hindistonda bir erkak 116 ta katta mixni yutib yuborib, bu haqda eslay olmadi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

    43 yoshli Bxolu Shankara ismli erkak oshqozonidagi o‘tkir og‘riqlar sababli shifoxonaga tushgan. Rentgendan keyin uning oshqozonida ko‘p miqdorda mix borligi aniqlangan.

    Jarrohlar operatsiya o‘tkazib, erkakning oshqozonidan 5 santimetrlik 116 ta mixni chiqarib olishgan. Shuningdek, sim bo‘laklari ham aniqlangan.

    Erkak mixlar qanday qilib oshqozoniga tushganini tushuntirib bera olmagan. Erkakning akasi u ruhiy kasallikdan aziyat chekishini tan olgan.

    Foto: News lions

    Foto: News lions

    Фикрлар

    » » Erkak 116 ta mixni qanday yutib yuborganini eslay olmadi (foto)