22:28 / 16.05.2019
4 177

8 ming marta "otjimaniya" qilgan 6 yoshli bola

8 ming marta "otjimaniya" qilgan 6 yoshli bola
O‘tgan yilning kuz oylarida Chechenistonlik yosh sportchi Raxim Kuriyev 3202 marta "otjimaniya" olib barchaning e’tiboriga tushgan edi. Ingushetiyalik 6 yoshli Ibrohim Lyanov 2,5 soat ichida 8 mingta "otjimaniya" qilib bu rekordni yangiladi, deyiladi life.ru nashrida.

2018 yil Ibrohim otasidan kurashga olib borishini so‘raydi. Ammo ularning uyi atrofida sport zal bo‘lmagani uchun qo‘shni qishloqqa ota-bola sport bilan shug‘ullanish uchun qatnay boshlashadi. Otasi Ibrohimni astoydil qo‘llab-quvvatlaydi.

- Ibrohim 4 yoshidan beri sport bilan shug‘ullanadi. U juda iqtidorli bola. Ibrohim mening oldimda 5555 marta "otjimaniya" qildi va men uning bundan ham yuqori marralarga erishishiga ishondim. Ibrohimdagi bu g‘ayratni ko‘rib, uni to‘xtatishni xohlamadim, - deydi "Chingiz" sport klubi rahbari Jabroil Baraxoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 8 ming marta "otjimaniya" qilgan 6 yoshli bola