Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Qirg‘iziston Respublikasining “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Ushbu o‘zgartirishlar sobiq prezidentlarni daxlsizlikdan mahrum qiladi.
Shuningdek, sobiq prezident katta siyosatda qolishga yoki davlat lavozimida ishlashga qaror qilsa, o‘ziga tegishli barcha imtiyozlardan mahrum etiladi.
Qonun Jogorku Kenesh (parlament) tomonidan 2019 yil 4 aprelda qabul qilingan.
Qirg‘iziston konstitutsiyaviy palatasi “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasini konstitutsiyaga zidligini tan olgan. Bu modda sobiq prezidentning mutlaq daxlsizligini kafolatlagan.
Qonun rasman e’lon qilingan kundan 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ayni vaqtda Qirg‘izistonda sobiq prezident maqomiga Roza Otunbayeva va Almazbek Atamboyev ega. Asqar Akayev va Kurmanbek Bakiyev bu maqomdan mahrum etilganlar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi