Ukraina prezidenti etib saylangan Vladimir Zelenskiy mamlakat Qrimni qaytarib olishiga ishonch bildirdi.
U bu haqda feysbukda joylashtirilgan, Ukrainada bugun nishonlanayotgan Qrim-tatar xalqi genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan qilgan murojaatida aytib o‘tdi.
«Ishonamanki, Qrim tatarlarining vatanini okkupatsiyadan ozod qilamiz. Qrimni qaytarishga yo‘l qanchalik uzoq bo‘lmasin, biz uni qrim tatarlari bilan birga bosib o‘tamiz. Buni birgalikda amalga oshiramiz. Esdan chiqarmang, hatto eng qorong‘u tun ham tong bilan tugaydi», - deb yozgan Zelenskiy.
Avvalroq, Zelenskiy shtabi Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendum natijalari tan olinmasligi haqida e’lon qilgandi. Yangi saylangan prezident Qrim Rossiyada hokimiyat almashganidan keyin Ukraina tarkibiga qaytishi haqida gapirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi