Rim polisiyachilarining 83 foizi 31 dekabr kuni kasalligini bahona qilib ishga chiqmadi

  • 03 yanvar 2015, 16:02
  • 5 730
  • Dunyo
  • Rim polisiyachilarining 83 foizi 31 dekabr kuni kasalligini bahona qilib ishga chiqmadi

    Italiyada 2014 yilning so‘nggi kunida Rim polisiyasining 83 foizi xodimi ishga chiqmadi. Bu haqda The Telegraph'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    Ular kasal ekanliklari, jarohat olganliklarini bahona qilib ishga chiqishmagan yoki qon topshirish niyatida dam olish kuni berilishini so‘rashgan.

    Qayd etishlaricha, Yangi yil oqshomida Rimda tartibni saqlashi kerak bo‘lgan polisiyachilarning ommaviy tarzda xizmatdan bo‘yin tovlaganliklari Rim shahar kengashi va Italiya hukumati tomonidan o‘rganib chiqiladi.

    Ma’lumot uchun, Rim ko‘chalarida 600 mingdan ortiq odam Yangi yilni kutib olgan.

    Italiya bosh vaziri Matteo Rensining ma’lum qilishicha, Rimda polisiyachilar bilan sodir bo‘lgan ushbu voqeadan so‘ng, davlat sektorida bandlik to‘g‘risidagi qonun normalariga o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rim polisiyachilarining 83 foizi 31 dekabr kuni kasalligini bahona qilib ishga chiqmadi