06:38 / 19.05.2019
3 348

Donald Tramp Green Card lotereyasini to‘xtatish rejasini e’lon qildi

Donald Tramp Green Card lotereyasini to‘xtatish rejasini e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatining yangi migratsiya siësatini taqdim qildi. Loyihada AQShga qonuniy migrantlarni qabul qilishda ularning amerikadagilar bilan qarindoshlik aloqalari emas¸ balki professional saviyasini asosiy mezon qilish ko‘zda tutilgan.

Hozirda AQSh ga kelaëtgan qonuniy muhojirlarning 66 foizi o‘z yaqin qarindoshlarining Amerikada yashaëtgani¸ bor-yo‘q 12 foizi mehnat shartnomasi va professional kvalifikatsiya asosida migratsiya vizasi olmoqda.

Tramp taklif qilaëtgan rejaga muvofiq¸ yuqori malakali mutaxassislarning AQSh ga qonuniy ko‘chib kelishi uchun beriladigan kvota besh baravarga oshadi.

Trampga ko‘ra¸ AQSh qolgan davlatlardan ësh¸ yaxshi o‘qigan va ingliz tilini yaxshi biladigan malakali kadrlarni qabul qilishi lozim.
Bunday mezonlar asosida migratsiya vizasi berish tizimi Avstraliya¸ Kanada va Yangi Zelandiyada joriy qilingan.

Tramp loyihasi shuningdek AQShda qonuniy yashash va ishlash haqqini beruvchi Green Card lotereyasini ham bekor qilishni ko‘zda tutadi.

1991 yildan beri o‘ynalaëtgan bu lotereya asosida yiliga 50 ming xorijlik AQShga ko‘chib kelmoqda. Tramp Green Card o‘rniga o‘z sohasida favqulodda muvaffaqiyatga erishganlar uchun alohida dastur ochishni taklif qilmoqda.

Yangi rejaning amalga ko‘chishi uchun u muxolif demokratlar nazoratidagi Kongress tasdig‘idan o‘tishi kerak. Ammo yetakchi demokratlar bu rejaning «tug‘iliboq o‘lgani»ni aytmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp Green Card lotereyasini to‘xtatish rejasini e’lon qildi