Turkmanistonda oziq-ovqat taqchilligi boshlangani aytilaëtgan bir paytda mamlakat prezidenti Turkmanistonning bug‘doy eksport qiluvchi davlatga aylangani haqida baënot qildi.
“Oltin asr” nashrining ëzishicha, prezident Gurbanguli Berdimuhammedov 15 may kuni hukumat majlisida mamlakatda bug‘doydan rekord hosil olingani haqida gapirgan.
Berdimuhammedov shuningdek mamlakatda oziq-ovqat mo‘l-ko‘lchiligi uchun keng ko‘lamli choralar ko‘rilganini ham bildirgan.
Turkman prezidentining bu baënotlari bilan ayni paytda mamlakat bo‘ylab aholiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini kartochka tizimida tarqatish joriy etildi.
Oziq-ovqat taqchilligi ortidan bu mahsulotlar narxi keskin ko‘tarilib ketgan va hukumat non¸ un¸ o‘simlik ëg‘i va tuxumni jon boshiga qarab tarqatishga o‘tdi. Xabarlarga ko‘ra¸ hukumat oila boshiga bir oyda 50 kilogramm un berish tartibini joriy qilgan.
Turkmaniston bozorlarida bir qop un narxi¸ aytilishicha 60 dollar atrofida va bu hukumat do‘konlarida tarqatilaëtgan undan to‘rt baravar qimmatdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?