09:06 / 19.05.2019
2 875

Niderlandiya vakili «Yevrovideniye — 2019» g‘olibligini qo‘lga kiritdi (foto, video)

Niderlandiya vakili «Yevrovideniye — 2019» g‘olibligini qo‘lga kiritdi (foto, video)
Niderlandiya vakili Dunkan Lourens Arcade qo‘shig‘i bilan «Yevrovideniye — 2019» tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Finalda u 492 ball yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Lourens tanlovning boshidan oxirigacha bukmekerlarning yaqqol yoqimtoyi bo‘lib keldi: uning g‘alabasi ehtimoli 40 foizdan ortiqroq baholangandi. Shu tariqa, bukmekerlar «Yevrovideniye» natijasini to‘rt yil mobaynida ilk bor to‘g‘ri topdi.

Foto: Rai
Italiya vakili Mahmood Soldi qo‘shig‘i va 465 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Foto: «TASS»
Rossiyalik Sergey Lazarev Scream kompozitsiyasi bilan 369 ball to‘pladi va uchinchi o‘rinni band etdi.

Ma’lumot uchun, tanlovning final qismida 26 davlat vakillari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiya vakili «Yevrovideniye — 2019» g‘olibligini qo‘lga kiritdi (foto, video)