14:30 / 19.05.2019
2 890

Zelenskiy Oliy radaga «noqulayliklar» yaratishga va’da berdi

Zelenskiy Oliy radaga «noqulayliklar» yaratishga va’da berdi
Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z inauguratsiyasi munosabati bilan Kiyev aholisiga tug‘dirilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘radi. Tegishli video Zelenskiyning Instagram’dagi sahifasida joylashtirilgan.

Bo‘lg‘usi prezidentning aytishicha, u Kiyev aholisiga noqulayliklar yaratmaslik uchun inauguratsiyasini 19 may – yakshanba kuni o‘tkazishni taklif qilgandi. Biroq mamlakat parlamenti – oliy rada marosim 20 may – dushanba kuni o‘tkazilishiga ovoz bergan.

“Kechiring, iltimos, hammamizni, oliy radani kechiring. Rada sizga noqulayliklar yaratdi, va’da beraman, biz ham ularga noqulayliklar yaratamiz”, deb aytgan Zelenskiy o‘z videomurojaatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Oliy radaga «noqulayliklar» yaratishga va’da berdi