11:30 / 20.05.2019
2 367

«Yevrovideniye» g‘olibi tanlovning asosiy qoidasini buzgani ma’lum bo‘ldi (video)

«Yevrovideniye» g‘olibi tanlovning asosiy qoidasini buzgani ma’lum bo‘ldi (video)
Foto: «RIA Novosti»
«Yevrovideniye» g‘olibi — Niderlandiya vakili Dunkan Lourens xalqaro qo‘shiqlar tanlovining asosiy qoidasini buzdi, deb xabar beradi «Daryo.uz».

Ta’kidlanishicha, «Yevrovideniye»ning bosh qoidasi — yangi qo‘shiqni ijro etish. Ammo Dunkan Lourens 2017 yildayoq kuylagan Arcade qo‘shig‘i bilan chiqish qildi. Xuddi shu qo‘shiq videosi foydalanuvchilardan birining YouTube-kanalida e’lon qilindi.

Videolavhada Lourens Arcade qo‘shig‘ini kuylayotgani aks etgan, ammo videoyozuv 2017 yil 9 iyunda olingan. Ushbu holat tanlov natijalarini bekor qilish uchun sabab bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Yevrovideniye» g‘olibi tanlovning asosiy qoidasini buzgani ma’lum bo‘ldi (video)