13:37 / 20.05.2019
2 828

Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi

Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi
Vladimir Zelenskiy rasman Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi. Mamlakatning yangi saylangan prezidenti Oliy radadagi tantanali marosimda qo‘lini konstitutsiyaga qo‘yib, Ukrain xalqiga qasamyod qildi.

Konstitutsion sud rahbari Nataliya Shaptala Ukrainaning yangi saylangan prezidenti konstitutsiyaning 104-moddasiga ko‘ra lavozimga kirishishi mumkinligini ma’lum qildi. U Zelenskiyga Ukraina prezidenti hokimiyatining rasmiy ramzlari: gurzi, gerbli muhr va zanjirli orden ko‘rinishidagi belgini topshirdi.

«Interfaks» agentligi muxbiri xabar qilishicha, parlament zalida barcha deputatlar, 50dan ortiq xorijiy delegatsiyalar vakillari, jumladan xalqaro tashkilotlar, Ukrainaning sobiq prezidentlari Leonid Kravchuk, Leonid Kuchma, Viktor Yushchenko, Petro Poroshenko, Ukraina hukumati a’zolari, cherkovlar va diniy tashkilotlar vakillari, sud tizimi vakillari hamda boshqa taklif etilgan mehmonlar hozir bo‘lishgan.

Zelenskiy Rada binosiga Marina xiyoboni bo‘ylab kelgan. U yangi hukumatning asosiy fishkasi - fuqarolarga yaqin bo‘lishda ekanini aytgan. Zelenskiy o‘z yo‘lida odamlar bilan qo‘l berib salomlashib o‘tgan, keyin tantanali ravishda parlament zaliga yo‘l olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi