14:23 / 20.05.2019
2 710

Zelenskiy inauguratsiyasi vaqtida Oliy Radani tarqatib yuborishini e’lon qildi

Zelenskiy inauguratsiyasi vaqtida Oliy Radani tarqatib yuborishini e’lon qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy radani tarqatib yuborishini e’lon qildi. U bu haqda o‘zining inauguratsiyasi vaqtidagi nutqida gapirdi.

Ukraina prezidenti lavozimiga kirishgan Vladimir Zelenskiy qasamyod qabul qilganidan keyin Oliy Rada tarqatib yuborilishini ma’lum qildi. Marosim «Pryamoy» telekanali orqali translyatsiya qilinmoqda.

Prezident parlamentga ikki oy muddat bergan, parlamentdan qator qonunlarni kechiktirmasdan qabul qilishni so‘ragan.

«Siz deputatlik daxlsizligini bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni, noqonuniy boylik orttirish uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunni, saylov kodeksini qabul qiling», degan Zelenskiy.

U deputatlarga inauguratsiya marosimini ish kuniga o‘zlari belgilashganini eslatgan va endi ishlashni so‘ragan.
Prezident deputatlardan Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari, bosh prokuror va mudofaa vazirini iste’foga chiqarishni ham so‘ragan.

«Shu ishlarni qiling va o‘zingizga medal taqing - bu navbatdan tashqari saylovlar oldidan yaxshi ochkolar bo‘ladi», degan u.
U shuningdek, Ukrainaning amaldagi hukumatiga iste’foga chiqishni taklif qilgan.

«Amerikalik bir aktyordan, Amerikaning ajoyib bir prezidentidan iqtibos keltirishni istardim (gap AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan haqida - tahr): «hukumat bizning muammolarimizni hal etib bermaydi - hukumatning o‘zi muammo». Men tushunmayman, bizning hukumatimiz doimo qaysidir ishni qila olmasligini aytadi. Bu to‘g‘ri emas - qila olasiz, siz qog‘ozni olasiz, ruchkani olasiz va ariza yozib o‘z joyingizni keyingi saylovlar haqida emas, keyingi avlod haqida o‘ylaydiganlar uchun bo‘shatib qo‘ya olasiz», - degan Zelenskiy.

Zelenskiy shuningdek, Donbassdagi ziddiyatni barqarorlashtirish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muloqotlarga tayyorligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy inauguratsiyasi vaqtida Oliy Radani tarqatib yuborishini e’lon qildi