16:07 / 20.05.2019
3 461

Milliarder 400 nafar bitiruvchining «kontrakt»ini to‘lab berdi

Milliarder 400 nafar bitiruvchining «kontrakt»ini to‘lab berdi
Foto: «Regnum»
Amerikalik milliarder, saxovatpesha va sarmoyador Robert Smit o‘ziga faxriy doktorlik darajasi berilgan ta’lim muassasasida nutq so‘zlarkan, bu yilgi barcha bitiruvchilarning ta’lim kreditlarini to‘lab berishga so‘z berdi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qildi.

Smit hozir 56 yoshda, sobiq muhandis-kimyogar, «Vista Equity Partners» kompaniyasi bosh direktori, Morhaus kollejiga stipendiyalar va park qurish uchun avval 1,5 million dollarlik yordam bergan. Bitiruvchilarning ta’lim kreditlari esa qariyb 40 million dollar. Kollej vakilining aytishicha, ta’lim muassasasi o‘z tarixida bunchalik katta sovg‘a olmagan.

Senator hamda AQSh prezidentligiga nomzod Berni Sanders o‘z tvitterida Smitning qarorini alqadi, biroq bu bilan ish bitmaydi:
«Juda soz. Ammo talabalarning muammosini saxovat bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bunga hukumat darajasida aralashuv kerak».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Milliarder 400 nafar bitiruvchining «kontrakt»ini to‘lab berdi