17:15 / 20.05.2019
3 420

Giyenasimon it o‘zini o‘likka solib, arslonning komidan qutulib qoldi (video)

Giyenasimon it o‘zini o‘likka solib, arslonning komidan qutulib qoldi (video)
Giyenasimon it arslonning komidan qutulib qoldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Voqea Zimbabvedagi Xvange milliy parkida sodir bo‘lgan. Giyenasimonlar antilopani yeb bitirishayotgandi. Shu dam kutilmaganda ularga arslon tashlanadi. U giyenasimonlardan birini tishlab oladi. Arslon og‘zida giyenasimon it o‘zini o‘likka solib shalvirab turaverdi.

Shunda arslonning e’tiborini boshqa giyenasimon tortadi va u og‘zidagi tashlab chopadi. O‘zini o‘likka solgan esa darhol juftakni rostlaydi. Oqibatda arslon o‘ljasiz qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Giyenasimon it o‘zini o‘likka solib, arslonning komidan qutulib qoldi (video)