11:50 / 21.05.2019
3 797

Kim millioner bo‘lishni istaydi? Poroshenko?..

Kim millioner bo‘lishni istaydi? Poroshenko?..
Foto: «Bloomberg»
Ukraina prezidenti etib saylangan yilidayoq (2014) Petr Poroshenko dollarli milliarder maqomidan mahrum bo‘lgan. Bu haqda «Bloomberg» agentligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, prezidentlik davrida Poroshenkoning sof kapitali 40 foizga — 705 million dollargacha qisqarib ketgan. «Bloomberg» Ukraina sobiq liderining eng katta boyliklari sifatida «Roshen» qandolat fabrikasini, shuningdek, sug‘urta kompaniyasi, bank, telekanal, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat korxonalarini sanab o‘tdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, ukrainalik eng boy inson Rinat Ahmetov 2014 yildan beri bundan ham ko‘proq — qariyb 50 foiz boyligini yo‘qotdi. Hozir uning $5,5 milliardlik boyligi qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim millioner bo‘lishni istaydi? Poroshenko?..