12:30 / 21.05.2019
3 645

Zelenskiy prezident sifatidagi ilk farmonini imzoladi

Zelenskiy prezident sifatidagi ilk farmonini imzoladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni vakolatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi farmonni imzoladi. 300/2019-sonli farmon prezident saytida e’lon qilingan.

“Ukraina prezidenti lavozimiga 20 mayda kirishishim munosabati bilan, Ukraina konstitutsiyaning 106-moddasi 1-qismi 17-bandiga muvofiq, bugundan boshlab Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni vakolatlarini o‘z zimmamga olaman”, deyilgan farmonda.

Oliy bosh qo‘mondon majburiyatlariga Ukraina qurolli kuchlari oliy qo‘mondoni va boshqa harbiy tuzilmalar qo‘mondonlarini tayinlash va bo‘shatish, oliy harbiy unvonlarni berish va milliy xavfsizlik va mudofaa kengashini shakllantirish kiradi.

Zelenskiy 20 may kuni Ukraina prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. U inauguratsiyasi davomida oliy radaning tarqatilishini e’lon qildi. Zelenskiy deputatlarga uning talablarini bajarishga, ya’ni hukumatning iste’foga chiqishi, deputatlik daxlsizligini bekor qilish va noqonuniy boyish haqidagi qonunni qabul qilishiga 2 oy muhlat berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy prezident sifatidagi ilk farmonini imzoladi