18:47 / 21.05.2019
3 465

Ukrainada Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ukrainada Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ukraina davlat tergov byurosi Pyotr Poroshenkoning davlatga ehtimoliy xiyonati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Davlat byurosining bildirishicha, gap 2018 yil 25 noyabrdagi voqealar, ya’ni Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga qarashli kemalar Kerch ko‘rfaziga kirganligi holati to‘g‘risida bormoqda.

Mazkur holat bo‘yicha arizani Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyati boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Andrey Portnov bergan. Portnovning bildirishicha, Poroshenko davlat rahbari lavozimida bo‘lgan chog‘ida mamlakatda harbiy holatni joriy etish uchun ukrain dengizchilarini qurbon qilgan va ularni Kerch ko‘rfaziga yuborib davlatga xiyonat qilgan.

2018 yil noyabrda Ukraina HDKning uchta kemasi Rossiya chegarasini buzib kirgan va xavfli manyovrlarni sodir etgan.
Chegarachilar kemalarni hibsga olgan. Kemalarda 24 nafar harbiy, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki nafar xodimi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi