21:15 / 21.05.2019
2 919

Zelenskiy Oliy radani tarqatib yuborish to‘g‘risida farmon chiqardi

Zelenskiy Oliy radani tarqatib yuborish to‘g‘risida farmon chiqardi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy rada vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqdagi tegishli hujjat prezident saytida e’lon qilindi.

"Ukraina Oliy radasiga navbatdan tashqari saylovlar 2019 yil 21 iyulda bo‘lib o‘tishi belgilansin", — deyiladi hujjat matnida.
Vazirlar mahkamasiga navbatdan tashqari saylovlarni moliyalashtirishni ta’minlash topshirildi.

Zelenskiy 20 may kuni prezidentlikka qasamyod qabul qildi va inauguratsiya vaqtida so‘zlagan nutqida parlamentni tarqatib yuborishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Oliy radani tarqatib yuborish to‘g‘risida farmon chiqardi