12:07 / 22.05.2019
5 127

Polshada 6 nafar egizaklar dunyoga keldi (video)

Polshada 6 nafar egizaklar dunyoga keldi (video)
«Euronews» xabariga ko‘ra, Krakov shahrida olti nafar egizak: to‘rt qiz, ikki o‘g‘il tug‘ildi — bu zamonaviy Polsha uchun rekord ko‘rsatkich.

Chaqaloqlar kesarlik yo‘li bilan dunyoga keltirildi. Ularning eng jajjisi 890 gramm, eng kattasi 1,3 kilogramm. Ota-ona besh nafar chaqaloq kutayotgandi, oltinchisi «syurpriz» bo‘ldi.

«Baxtimizga hammasi rejadagidek kechdi. Faqat oltinchi chaqaloq — o‘g‘il bola biz uchun haqiqiy «syurpriz bo‘ldi», — dedi Krakov universiteti klinikasi neonatologiya bo‘linmasi rahbari, professor Rishard Laterbax.

Chaqaloqlar sun’iy nafas olish kamerasiga joylashtirilgan. Onasi — Klaudia Majek o‘zini yaxshi his etmoqda.

Klaudia Majek
Olti egizak tug‘ilishi ehtimoli — 5 milliardga bittani tashkil etadi. Baxtli ota-onaga Polsha prezidenti Anjey Duda tabrik yo‘lladi.


Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada 6 nafar egizaklar dunyoga keldi (video)