Qozog‘istonning Atirau viloyati politsiya departamenti boshlig‘i, o‘zini nokamtar tutishda ayblangan Ayan Duysembayev o‘z lavozimidan ozod etilib, pastroq lavozimiga tayinlanguncha ichki ishlar vazirligi ixtiyorida bo‘ladi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Kalaychidi ma’lum qildi.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti sovg‘aga ot olgan Duysembayevni tanqid qilib, unga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishiga va’da bergandi.
“U lavozimidan bo‘shatilmadi, balki ozod etildi. U IIV ixtiyorida bo‘ladi”, deb aytgan Kalaychidi brifingda.
Uning ta’kidlashicha, sobiq politsiya boshlig‘i o‘zini nokamtar tutgan va 6 may kuni general-mayor unvonini olishdan quvonchini o‘zgacha tarzda namoyish qilishi kerak edi. Duysembayev unvonini olgandan bir hafta o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlarda unga tantana vaqtida ot sovg‘a qilingani videosi tarqalgan. Bir kun o‘tib ichki ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan.
“11 may, kuchaytirilgan nazorat vaqtida, Duysembayev Atiraudagi dislokatsiya joyidan o‘zi kelib chiqqan tumanga xizmat avtomashinasi va yana bir mashinada nazoratidagi bo‘limlar boshliqlari bilan jo‘nagan. U tumanda bayram tadbirlari tayyorlanayotganidan xabardor bo‘lgan. Barcha unga ot va cho‘pon berilganini ko‘rdi. Uning aytishicha, u otni qaytarib bergan, chunki ot sovg‘a emas, balki e’tibor belgisi bo‘lgan”, deb ta’kidlab o‘tgan Kalaychidi.
Uning ta’kidlashicha, Duysembayev o‘z xizmat joyini kuchaytirilgan nazorat vaqtida tark etgan, yangi unvon olishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanaga o‘z xodimlarini olib borgan, xizmat transportidan foydalangan. Bularning barchasi xizmat axloqi me’yorlarining buzilishlariga kiritilgan.
“Tekshiruv natijalariga ko‘ra shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i ham o‘z lavozimidan ozod etildi. U vazirlik rahbariyatini voqeadan xabardor qilishi lozim edi. U buni qilmagan. Boz ustiga, o‘zi ham shu tadbirda ishtirok etgan”, deb aytgan Kalaychidi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?