Xitoy aholisining oz qismini tashkil qiluvchi musulmon uyg‘urlar uchun Ramazon ro‘zasi taqiq ostida.
Human rights watch’ning Xitoy bo‘yicha yetakchisi Sofia Richardson shunday dedi:
Yillar mobaynida Xitoy davlati musulmonlar ro‘za tutishini, ayniqsa davlat xodimlari va maktab o‘quvchilari uchun qat’iy taqiqlab kelgan. Ular o‘z jonajon dinlari Islomga amal qilish huquqidan mahrumlar. Uyg‘urlar: “Dindor yoki musulmon bo‘lish – psixiatrik sarosima-qo‘rquv, ta’qibga duchor bo‘lishdir” degan zolimona jumlalarni eshitib kelyaptilar.
Xitoy hukumati ro‘za tutishga “ekstremizm belgisi” deb qaraydi. 2016 yildan buyon “ekstremizmga qarshi qattiq kurashish” kompaniyasini keng joriy etib, qo‘llab quvvatlab kelyapti.
Biz hokimiyat tomonidan millionga yaqin, ko‘pchiligi uyg‘ur bo‘lgan turk musulmonlari hafta yoki oylar ichida hibsga olinganliklari haqida ma’lumotga egamiz.
Xitoydagi bu hibsga olishlar, uyg‘urlarni Xitoy davlati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda “qayta tarbiyalash” shiori ostida boshlangan bo‘lib, aslida maqsad uyg‘urlarning din va millat qadriyatlarini toptash, yo‘q qilish maqsadida ijro etilmoqda.
Ular kunlarini Si Jin Ping mafkurasini va Xitoy dogmasi – kommunistik partiyasini o‘rganish, SSP vatanparvar qo‘shiqlarini kuylash, shuningdek mandarin (xitoy tilining eng keng tarqalgan lahjasi) tilini o‘rganish bilan o‘tkazishga majburdirlar.
Menimcha, Xitoy hokimiyati Islomga ergashuvchilar, musulmon ummatni davlatga katta xavf deb o‘ylaydi hamda musulmonlar yo‘q qilinishi kerak, degan iddao - fikrdaligi aniq ko‘rinib turibdi.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi