19:40 / 22.05.2019
2 516

Buyuk Xitoy devorida marafon bo‘lib o‘tdi

Buyuk Xitoy devorida marafon bo‘lib o‘tdi
Buyuk Xitoy devorida xalqaro yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Darakchi.uz nashri.

Har yili o‘tkaziladigan ushbu marafonda bu yil jahonning 67 ta mamlakatidan bir yarim mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Marafon shartiga ko‘ra, sportchilar va ko‘ngillilar 5164 ta zinani bosib o‘tishlari lozim. Musobaqa yakunida erkaklar orasida Avstraliya vakili Duglas Uilson marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan. U sakkiz yarim kilometr masofani 3 soatu 25 daqiqada bosib o‘tdi.

Ayollar orasida esa amerikalik Kali Keyvi 4 soatu 12 daqiqada yetib kelib, g‘olibaga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Xitoy devorida marafon bo‘lib o‘tdi