08:50 / 23.05.2019
3 619

Poroshenko unga nisbatan boshlangan tergovlarga munosabat bildirdi

Poroshenko unga nisbatan boshlangan tergovlarga munosabat bildirdi
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko unga nisbatan boshlangan tergovlarni parlamentga saylov kampaniyasi boshlanishi deb tushuntirgan. Jumladan, Poroshenko tergovlarga “Men javob berishga tayyorman”, deb munosabat bildirgan.

Poroshenkoning fikricha, Ukraina hukumatining Kerch bo‘g‘ozidagi voqea vaqtidagi harakatlari bo‘yicha tergov ishi Rossiya ig‘vosi sababli aziyat chekkan mamlakat armiyasiga hujumdir. “Hozir beshinchi kolonna buni Ukraina hukumati zimmasiga yuklamoqchi. Shuni aytmoqchimanki, bu uchun javob berishga tayyorman va biz buni qilishga yo‘l qo‘ymaymiz”, deb ta’kidlab o‘tgan sobiq prezident.

Poroshenko, shuningdek, siyosiy dushmanlari unga qarshi yana qanday tergovlar boshlashlari mumkinligi haqida o‘z taxminlarini aytgan. “Tomos bo‘yicha jinoiy ish – dinga hujum, til haqidagi qonun bo‘yicha jinoiy ish – tilga hujum. Hammasi dastur bo‘yicha (kuchli armiya, yagona din va yagona til haqidagi tezislar Poroshenkoning saylovoldi dasturining bosh tezislari bo‘lgan – tahr.), biroq ular hech narsa qilisha olmaydi”, deb aytgan Ukrainaning sobiq rahbari.

Siyosatchi davlat prezidenti lavozimida qabul qilgan barcha qarorlari Ukraina uchun to‘g‘ri bo‘lganini va shu sababli barcha ayblovlarga javob berishga tayyorligini aytib o‘tgan.

22 may kuni Ukrainaning ixtisoslashgan aksilkorrupsion prokuraturasi “Sentrenergo” energetika korxonasi va Davlat mulki jamg‘armasida o‘g‘riliklar va suiste’molliklar aniqlangani bilan bog‘liq holda Poroshenkoning harakatlari qonuniyligini tergov qila boshladi.

21 may kuni esa Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bo‘yicha tergov boshlagan. Ish 2018 yil noyabrda Kerch bo‘g‘ozida rossiyalik chegarachilar tomonidan Ukrainaning bortida 24 nafar dengizchi bo‘lgan 3 ta harbiy kemasi ushlanishi bilan bog‘langan.

Umuman olganda, ayni vaqtda Poroshenkoga nisbatan noqonuniy boyish, pora berish, yashirin turmalar borligi va boshqa ayblovlar bo‘yicha 10 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari Poroshenkoning prezidentlik vakolatlari tugashigacha ochila boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko unga nisbatan boshlangan tergovlarga munosabat bildirdi