16:00 / 23.05.2019
4 850

2100 yilda London, Nyu-York, Shanxay suv ostida qolishi mumkin

2100 yilda London, Nyu-York, Shanxay suv ostida qolishi mumkin
Dunyoning yirik megapolislari iqlim o‘zgarishi oqibatida 2100 yilda suv ostida qolishi mumkin. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqot natijalari AQSh Fanlar akademiyasi jurnalida e’lon qilindi.

AQSh va Britaniya olimlari dengiz sathi ko‘tarilishi bo‘yicha o‘tkazgan yangi tadqiqot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 2100 yilda London va Nyu-York suv ostida qolishi mumkin.

Eng yomon prognozlarga ko‘ra, atmosferada karbonat angidrid gazlari to‘planishi hozirgi sur’atda saqlanib qolsa, yaqin 80 yilda global havo harorati 5 darajaga oshadi. Buning oqibatida Dunyo okeani sathi 62 dan 238 santimetrgacha ko‘tariladi va quruqlikning 1,79 million kvadrat kilometri suvga g‘arq bo‘ladi. Shuncha joyda 187 million kishi yashamoqda.

Global isish oqibatida dengiz sathining oshishida Grenlandiya muzliklari asosiy manba vazifasini o‘taydi. Olimlarning fikricha, Antarktidaning Sharqiy va G‘arbiy qismlarida ham notinch holatga o‘tish ehtimoli bor.

Tahminlarga ko‘ra, qirg‘oqbo‘yi hududlari past tekisliklardan iborat Buyuk Britaniya, AQSh, Yevropa va Osiyoning ayrim mamlakatlari katta xavf ostida qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2100 yilda London, Nyu-York, Shanxay suv ostida qolishi mumkin