06:36 / 24.05.2019
3 408

Avstraliya osmonida avtomobil o‘lchamidagi meteorit portladi (video)

Avstraliya osmonida avtomobil o‘lchamidagi meteorit portladi (video)
21 may kun oqshomda Avstraliya janubida meteor kuzatildi. Astronom Devid Finleyning ta’kidlashicha, samo jismi Adelaida shahridan 400 km janubda okeanga tushgan. Uning og‘irligi 20-40 tonnaga baholangan, o‘lchami esa avtomobildek kelgan. Sayyoramiz atmosferasiga kirish vaqtida 40 ming km/soat tezlikka ega bo‘lgan meteoroid osmonda portlagan. Portlash kuchi trotil ekvivalentida 1,6 kilotonnani tashkil qilgan – bu Yaponiyaning Xirosima shahrida portlagan atom bombasi kuchining o‘ndan birini tashkil qiladi.

Astronomning aytishicha, meteoroid portlash vaqtida bo‘laklarga bo‘linib ketgan bo‘lsa-da, aholi punktlariga xavf solgan, chunki yerga uning 3-4 tonnalik bo‘laklari tushishi mumkin bo‘lgan. Toshlar uylar va avtomobillar tomlarini teshib o‘tishi mumkin edi.

NASA’ning reaktiv tezlik laboratoriyasi xodimi Stiv Cheslining aytishicha, bu meteor AQSh milliy aerokoinot agentligi standartlariga ko‘ra ancha kichik bo‘lgan. Samo jismi yoshi 10 mln yilni tashkil qiladi, paydo bo‘lgan yeri esa Mars ortidagi asteroidlar kamari hisoblanadi. Olim meteorni kichik avtomobildek kelishini aytgan va bunday o‘lchamdagi ob’ektlar sayyoramiz atmosferasiga yiliga taxminan 3-6 marta tushishini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliya osmonida avtomobil o‘lchamidagi meteorit portladi (video)