17:48 / 25.05.2019
3 615

Krishtianu Ronaldu yangi superkarini namoyish qildi (foto, video)

Krishtianu Ronaldu yangi superkarini namoyish qildi (foto, video)
Krishtianu Ronalduning avtoparkidagi mashinalar soni yana bittaga oshdi.
The Sun`ning yozishicha, portugaliyalik yulduz McLaren Senna rusumli superkarni 750 ming funtga sotib olgan.

«Yuventus» hujumchisi yangi xaridini Instagram`da namoyish qildi. «Rohatlaning», – deb izoh qoldirgan Krishtianu bir video va suratni ilova qilgan.
View this post on Instagram

Enjoy ????????????

A post shared by Cristiano Ronaldo (@cristiano) on


Ushbu rusumdagi bolidni «Maklaren» 2017 yil oxirida namoyish etgan. Mashina afsonaviy braziliyalik pilot Ayrton Senna sharafiga nomlangan. Uni maxsus poyga yo‘lagidan tashqari odatiy shahar yo‘llarida ham haydash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu aprel oyi oxirida dunyodagi eng qimmat avtomobil – Bugatti kompaniyasining La Voiture Noire avtomashinasini 11 mln yevroga sotib olgan edi. Muhandislar uni sozlash ishlarini 2021 yilda tugatadi.

Sports.ru`ning qayd etishicha, 7-raqam egasining avtoparkidagi mashinalar soni 20dan oshib ketgan. Undan sportkarlar, premium klassdagi mashinalar va dunyo bo‘yicha sanoqli seriyadagina ishlab chiqarilgan mukammal avtomobillar o‘rin olgan.

33 yoshli hujumchi kolleksiyasidagi ilk avto – Audi A3`ni «Manchester Yunayted»da o‘ynagan vaqtida sotib olgan. Quyidagi ma’lumotnoma-surat esa Ronaldu avtoparkining joriy yil yanvar oyidagi holatini aks ettiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Krishtianu Ronaldu yangi superkarini namoyish qildi (foto, video)