Alisher Usmonov Alibaba Group`dagi ulushini sotishga qaror qildi

  • 29 dekabr 2015, 18:43
  • 6 022
  • Dunyo
  • Alisher Usmonov Alibaba Group`dagi ulushini sotishga qaror qildi

    Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov Xitoyning Alibaba Group internet-reteyleridagi o‘z ulushini sotishga qaror qildi. Bu haqda RBKga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    «Bizning Xitoydagi barcha aktivlarimizni strategik va moliyaviy qismlarga ajratish mumkin, — dedi Usmonov dushanba, 28 dekabr kuni «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida. — Biz yuqori darajadagi kompaniyalardanmiz. Biz dastlabki investisiyani besh-olti marotabaga oshirdik».

    Usmonov Alibaba`dagi ulushiga 2011 yilda Yuriya Milnerning DST Global fondi orqali ega chiqqan edi. Tadbirkorning Alibaba Group`dagi ulushini sotayotganini Bloomberg agentligiga Usmonovning vakili ham tasdiqlagan.

    Alisher Usmonov o‘z intervyusida Hindiston bozoriga sarmoya kiritmoqchiligini ham ma’lum qilib o‘tgan. «Bir vaqtning o‘zida biz Hindiston bozorida sinov sarmoyasini amalga oshirib ko‘ramiz, — dedi u. — Biz ushbu bozor va ushbu iqtisodiyotning o‘sishiga ishonamiz. Aminmanki, mazkur loyihalarda bizni muvaffaqiyatlar kutmoqda».

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Alisher Usmonov Alibaba Group`dagi ulushini sotishga qaror qildi