08:20 / 26.05.2019
2 747

Rossiyada o‘zbekistonliklar ketayotgan «Spark» YTHga uchradi

Rossiyada o‘zbekistonliklar ketayotgan «Spark» YTHga uchradi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilning 25 may kuni Mordoviya Respublikasi (Rossiya) hududidan o‘tadigan M5 «Ural» trassasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi ketayotgan O‘zbekiston davlat raqami 50 N982 NA bo‘lgan «Chevrolet Spark» avtomobili yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish qismiga o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan yuk mashinasiga urilib ketdi.

Natijada haydovchi Dadaxonov Nosirjon Toshmurodovich, 12.11.1961 yilda tug‘ilgan, va yo‘lovchi Jamoliddinov Dilshodbek Tursunbek o‘g‘li, 05.05.1991 yilda tug‘ilgan, olingan jarohatdan voqea joyida vafot etdi. Fuqarolar Qodirov Abdug‘affor Abdujabborovich, 13.01.1969 yilda tug‘ilgan, va Xoliqov Abdiqodir Abdumalikovich, 02.07.1969 yilda tug‘ilgan, Zubova Polyana tuman shifoxonasiga jarohat bilan yotqizilgan. Ularning holati, tibbiyot xodimlari bergan ma’lumotga ko‘ra, og‘ir barqaror.

Bosh konsulxona tomonidan mahalliy hukumat organlari bilan aloqa o‘rnatilgan va vaziyat nazoratga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonliklar ketayotgan «Spark» YTHga uchradi