23:27 / 26.05.2019
2 730

AQShda 50 qavatli bino tepasida qolib ketgan oyna yuvuvchilar qutqarildi (video)

AQShda 50 qavatli bino tepasida qolib ketgan oyna yuvuvchilar qutqarildi (video)
AQShning Oklaxoma-Siti shahrida o‘t o‘chiruvchilar 50 qavatli osmono‘par bino fasadida maxsus ko‘targichda turib ishlayotgan ikki oyna yuvuvchiga yordamga keldi, deb yozadi BBCga tayanib "Daryo" nashri.

Ko‘targich tom balandligiga chiqqanida platforma kuchli shamol ta’siriga tushib qolib, qattiq silkina boshladi. Oyna yuvuvchilar bir soatga yaqin shunday holatda bo‘lib turdi.

Qutqaruvchilar arqonlar yordamida ko‘targichni tomga yaqinlashtirib, ishchilarni xalos etdi. Ular jiddiy shikastlanishlar olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda 50 qavatli bino tepasida qolib ketgan oyna yuvuvchilar qutqarildi (video)