22:36 / 26.05.2019
4 149

Quyosh haqidagi 7 ta fakt

Quyosh haqidagi 7 ta fakt
· Quyoshni chiroq singari o‘chirib qo‘yish imkoni bo‘lsa va bu imkoniyatlan foydalanilsa, bir hafta ichida Yerdagi harorat -18 darajaga, bir yil ichida esa -75 darajaga tushadi va jon saqlash mumkin bo‘lmay qoladi;

· Quyosh borgan sari issiqroq va yorqinroq bo‘lib bormoqda. Vaqtlar o‘tib u o‘n marta yorqinlashishi mumkin. Faqat buning uchun taxminan milliard yil kerak;

· Quyosh massasining 72 foizi vodorod va 26 foizi geliydan iborat. Qolgani arzimas miqdordagi boshqa elementlardir. Har soniyada 700 million (!) tonna vodorod yonib, geliyga aylanadi;

· Quyosh katta miqdordagi energiya manbai bo‘lishi bilan birga ulkan massaga ham ega. Uning og‘irligi Quyosh tizimining 99 foizini tashkil qiladi;

· Shunday sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari borki, ularning ayrim qismlariga quyosh nurlari uzluksiz tushib turadi, ya’ni o‘sha hududlarda tun bo‘lmaydi;

· Hisob-kitoblarga ko‘ra, Quyosh o‘zining o‘rta yoshini yashamoqda. Astronomlar ma’lumotlariga qaraganda bu yulduz paydo bo‘lganiga 4,5 milliard yil bo‘lgan va yana taxminan 5 milliard yildan keyin u yonib bitib, avval qizil gigantga, keyin oq karlik yulduzga aylanadi;

· Agar insoniyat Quyosh energiyasini ishlab chiqarishni istasa, har soniyada 100 milliard tonna dinamit portlatib turishi lozim va bunga aql bovar qilmaydi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyosh haqidagi 7 ta fakt