11:56 / 27.05.2019
3 867

Vitaliy Klichko Kiyevdagi yangi shishali ko‘prik darz ketganini namoyish etdi (video)

Vitaliy Klichko Kiyevdagi yangi shishali ko‘prik darz ketganini namoyish etdi (video)
Foto: «RIA.ru»
Kiyev meri Vitaliy Klichko o‘zining Facebook’dagi sahifasiga shahar markazida piyodalar uchun mo‘ljallangan shishali ko‘prikning darz ketgani tasvirlangan videoni joylashtirdi. Ushbu ko‘prik ochilganidan bir kun o‘tib darz keta boshlagan, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Videodan ko‘rish mumkinki, ko‘prikdan o‘tish vaqtincha to‘xtatilgan, uning shishali qismida esa yoriqlar paydo bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ko‘prikni bunyod etish uchun 630 million rublga (10 million dollar) yaqin mablag‘ sarflangan. Klichko ko‘prikning shikastlangan qismini mutaxassislar bilan birgalikdan ko‘zdan kechirib chiqqan va yaqin ikki kun ichida shishalar almashtirilishini bildirgan.

Uning ta’kidlashicha, ko‘prikka «Kiyevni yaxshi ko‘rmaydiganlar» sabab shikast yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vitaliy Klichko Kiyevdagi yangi shishali ko‘prik darz ketganini namoyish etdi (video)