20:45 / 27.05.2019
2 838

Ukrainada Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ukrainada Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi, bu uning sud hokimiyatiga “zug‘um” o‘tkazishi bilan bog‘liq, deb xabar qildi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yankuvochi ma’muriyati rahbarining sobiq o‘rinbosari, yurist Andrey Portnov.

Avvalroq Poroshenko Kerch bo‘g‘ozidagi voqea bilan bog‘liq ishda davlatga xiyonatda ayblangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Shuningdek, u “Kuznya na Ribalskom” zavodini sotishda 300 mln dollarlik jinoiy daromadni qonuniylashtirganlikda ayblanib, unga nisbatan yana bir jinoiy ish ochilgandi.

Bundan tashqari, tergov byurosi sobiq davlat rahbari ustidan uning "Pryamoy" telekanalini noqonuniy egallab olganligi to‘g‘risidagi arizani ro‘yxatga olgan.

Portnovning aytishicha, yana o‘nlab arizalar bo‘lib, hozircha asosiy e’tibor ro‘yxatga olingan to‘rtta jinoiy ishga qaratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi