13:41 / 28.05.2019
2 858

Tramp imperator Naruxitoga alt sovg‘a qildi

Tramp imperator Naruxitoga alt sovg‘a qildi
Foto: AFP
AQSh preizidenti Donald Tramp Yaponiya imperatori Naruxitoga alt — skripkaga o‘xshash past ovozli qilli yoki puflab chalinadigan muzika asbobini sovg‘a qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Musiqa asbobi 1983 yilda Charlston shahrida (G‘arbiy Virjiniya) qo‘lda yasalgan. Shu bilan bir qatorda, AQSh prezidenti imperatorga 20-asrdagi amerikalik bastakor Aaron Koplend suratini ham taqdim etgan. Qayd etilishicha, imperator alt chalishni yaxshi ko‘radi.

Bunga javoban Naruxito Trampga moviy chinni vaza, uning rafiqasiga esa oltin bilan bezatilgan quticha bergan.

Naruxito va Tramp uchrashuvi imperatorning Tokiodagi saroyida 27 may kuni boshlandi. AQSh prezidenti u yerga rafiqasi Melaniya Tramp bilan birga kelgan. U Naruxito taxtga o‘tirganidan so‘ng tashrif buyurgan birinchi chet ellik rahbar bo‘ldi.

Naruxito Yaponiyaning 126-imperatori bo‘ldi va mamlakatda Reyva — yangi davr boshlandi. Uning otasi, sobiq imperator Akixito 30 aprel kun taxtdan voz kechdi. U taxtni 30 yil davomida egallab kelgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp imperator Naruxitoga alt sovg‘a qildi