20:20 / 31.05.2019
5 172

Turkmaniston prezidenti Medvedevni o‘z mashinasida sayr qildirdi (foto)

Turkmaniston prezidenti Medvedevni o‘z mashinasida sayr qildirdi (foto)
Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni mehmonxonadan olib kelish uchun shaxsan o‘zi bordi. «Daryo» xabar berishicha, prezident o‘zining GAZ-21 Volga mashinasida bo‘lgan.

Ular birgalikda Ashxobod bo‘ylab kichik avtomobil safari o‘tkazgan. Shundan so‘ng Medvedev va Berdimuhamedov prezident qarorgohiga kelgan va u yerda ishchi nonushta o‘tkazilgan.

Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati

Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati
Rossiya bosh vaziri Turkmanistonga 30 may kuni kelgan bo‘lib, 31 may kuni MDH hukumati rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti Medvedevni o‘z mashinasida sayr qildirdi (foto)