11:30 / 01.06.2019
2 887

Donald Tramp ikkinchi muddat uchun saylovda ishtirok etishini e’lon qildi

Donald Tramp ikkinchi muddat uchun saylovda ishtirok etishini e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp «Tvitter»da ikkinchi muddat uchun prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini rasman 18 iyun kuni Florida shtatining Orlando shahrida e’lon qilishini yozdi.

«Men 18 iyun kuni Floridaning Orlando shahridagi 20 ming o‘rinli Amway markazida ikkinchi muddat uchun prezidentlik saylovlarida birinchi xonim melanya, vitse-prezident Mayk Pens va ikkinchi xonim Karen Pens bilan ishtirok etishimni e’lon qilaman. Bu tarixiy mitingda bizga qo‘shiling!», — deb yozgan Tramp 31 may kuni.

Avvalroq, AQSh fuqarolarning qariyb yarmisi prezidentning impichmentini qo‘llab-quvvatlashi e’lon qilingan edi. Trampning o‘zi esa unga impichment e’lon qilinsa Amerikaliklar qo‘zg‘olon ko‘tarishiga ishonchi komil.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp ikkinchi muddat uchun saylovda ishtirok etishini e’lon qildi