08:15 / 07.06.2019
2 923

Zelenskiy o‘zining iste’fosi talab qilingan petitsiyaga rad javobini berdi

Zelenskiy o‘zining iste’fosi talab qilingan petitsiyaga rad javobini berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining iste’fosi talab qilingan petitsiyaga rad javobini berdi. Petitsiya ko‘rib chiqish uchun talab qilingan miqdordagi imzolarni to‘plagan. Unga 60 mingga yaqin imzo qo‘yilgan.

“Ekspert onlayn” nashrining yozishicha, Zelenskiy petitsiyani imzolaganlarning talabiga ko‘ra iste’foga ketishni rad etib, mumkin bo‘lgan barcha variantga birma-bir javob berib chiqqan.

Jumladan, Ukraina konstitutsiyasida impichment salomatligi bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmaslik, impichment yoki o‘lim holatida ko‘zda tutilgan.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, salomatlik borasida unda hammasi joyida. Umuman olganda, u toliqayotgan bo‘lsa-da, o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, u ob’ektiv sabablarga ko‘ra prezident lavozimini tark eta olmaydi. U, shuningdek, impichment haqidagi qonun loyihasi bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tgan.

Prezidentning aytishicha, u uni qo‘llab-quvvatlagan “73 foiz saylovchining istagini e’tiborsiz qoldira olmaydi”.

Zelenskiyni iste’foga jo‘natish talab qilingan petitsiya uning saytida 22 may kuni, ya’ni inauguratsiyasidan 2 kungina o‘tib e’lon qilingandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy o‘zining iste’fosi talab qilingan petitsiyaga rad javobini berdi