Foto: Sputnik
AQSh Federal tergov byurosi ilk bor qor odamiga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan namunalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb xabar beradi Sputnik.
1976 yilda Piter Bern yeti mavjud bo‘lishi masalalari bilan shug‘ullangan. U FTBga 15 ta soch va to‘qimalarni tadqiqot o‘tkazish uchun yuborgan. Soch va to‘qimalarning kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan. Idora istisno tariqasida va «ilmiy tadqiqot» uchun ruxsat bergan, biroq natijalar Bern talablariga javob bermagan.
«Tadqiqot natijasida bu sochlar kiyiklar oilasiga mansub ekanligi haqida xulosa berildi», — deyilgan FQBning ilmiy va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi direktor yordamchisi Jey Kokren xatida.
Foto: Sputnik
Hozirgi vaqtda, bir nechta o‘n yillardan so‘ng, 93 yoshli Bern CNBC telekanaliga qor odam borligiga ishonishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi 50 yil ichida u Ximolayda yetining ikki yoki uch zanjir izlarini aniqlagan. Ularga ko‘ra, qor odamning oyog‘ida beshta barmoq bor.
Shu bilan birga, mutaxassis bu izlar sadxuga (ular dunyodan va moddiy zavq olishdan voz kelgan hind avliyolar) tegishli bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
Ma’lumotga qaraganda, bu FTB ilk bor soch namunalari qor odamga tegishligini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?