18:15 / 07.06.2019
4 861

Moskvada politsiyachi O‘zbekiston fuqarosini otib tashladi

Moskvada politsiyachi O‘zbekiston fuqarosini otib tashladi
Moskva shahri, Koptevo tumani politsiyachisi O‘zbekiston fuqarosini otib o‘ldirdi. Xabar qilinishicha, hamyurtimiz IIB bo‘limidan qochib ketishga urinayotgan vaqtda otib tashlangan.

Mash telegram-kanali tomonidan O‘zbekiston fuqarosi qidiruvda bo‘lgani aytilmoqda. U politsiya bo‘limidan chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan va qocha boshlagan.

Bu vaqtda uning ortidan politsiyachilar quvishgan va o‘t ochishgan. O‘q qochayotgan odamning bo‘yniga tekkan va vafot etgan. Hodisa bo‘lgan joyda politsiya va tibbiyot xodimlari ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada politsiyachi O‘zbekiston fuqarosini otib tashladi