07:43 / 08.06.2019
3 442

Putin Zelenskiy bilan aloqalar yo‘qligi sababini tushuntirdi

Putin Zelenskiy bilan aloqalar yo‘qligi sababini tushuntirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan aloqalar yo‘qligini unga bu borada Kiyevdan takliflar tushmagani bilan tushuntirdi. Putin bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Putin ukrainalik hamkasbini prezident lavozimiga saylangani bilan tabriklamaganini Zelenskiyning Rossiyaga nisbatan nodo‘stona so‘zlar aytishi bilan tushuntirgan. “U hanuzgacha muayyan nutqni davom ettirmoqda, bizni dushmanlar, agressorlar deb atamoqda. U nimaga erishishi, qilishi borasida bir to‘xtamga kelishi lozim”, deb aytgan Putin.

Putin Zelenskiy bilan aloqalardan bosh tortmasligini qo‘shimcha qilgan.

“Men rad etdimmi? Menga umuman hech kim buni taklif qilmadi”, deb davom ettirgan so‘zlarini Rossiya yetakchisi.

“Men bu odamni bilmayman, umid qilamanki, qachondir u bilan tanishamiz. Ko‘rinishicha, u avval ishlagan sohasida yaxshi mutaxassis, u yaxshi aktyor. Biroq kimnidir o‘ynash boshqa-yu, kimdir bo‘lish boshqa”, deb aytgan Putin.

Rossiya prezidentining aytishicha, Zelenskiy bir qiyofadan boshqasiga kirish iste’dodiga ega, biroq Ukrainaning yangi prezidenti siyosatchiga xos sifatlarni hali namoyish qilmadi.

“Biz uning o‘zaro teskari gaplarni aytayotgani ko‘rmoqdamiz: saylovoldi kampaniyasi vaqtida boshqa, saylovlardan keyin esa boshqa gaplar. Men u hech narsa qilmay turib, o‘z so‘zlari bilan barchasini rasvo qildi, deb aytmayapman. Yashasak, ko‘raveramiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Putin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Zelenskiy bilan aloqalar yo‘qligi sababini tushuntirdi