15:10 / 08.06.2019
3 297

Atamboyev: “Bizga parlament respublikasi kerak - bu xayolida kolxoz va Qoʻqon xonligi boʻlgan prezidentdan yaxshiroq”

Atamboyev: “Bizga parlament respublikasi kerak - bu xayolida kolxoz va Qoʻqon xonligi boʻlgan prezidentdan yaxshiroq”
Qirgʻizistonga parlament respublikasi kerak - bu xayolida kolxoz va Qoʻqon xonligi boʻlgan prezidentdan koʻra yaxshiroq. Bu haqda Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev “Korrupsiyaga qarshi haqiqiy kurash uchun” mitingi davomida maʼlum qildi.

“Keyingi safar biz bu toʻdaning isteʼfo berishini talab qilib chiqamiz. Biz Jeenbekovning kolxozi yoki qoʻylar emasmiz!” - deya taʼkidlab oʻtgan A.Atamboyev.

Uning soʻzlariga koʻra, hozir Batukayev ishi yuzasidan Matraimovlar shov-shuvidan eʼtiborni tortish jarayoni ketmoqda. “Aytishlaricha, men pul olganman. Mening oʻzim har doim pul berganman. Hammani qamashmoqda - Ataxanov, Salyanova. Salyanova bir necha yildan beri menga qarshi tish qayrab yuribdi, lekin men u pul olmaganini bilaman. Uning oilasida er pul topib kelgan”, - deydi sobiq prezident.

Bundan oldin, mamlakat sobiq bosh prokurori Aida Salyanova “qonundagi oʻgʻri” Aziz Batukayevning qamoqdan noqonuniy boʻshatilishiga aloqador koʻrilib, 3-iyun kuni hibs qilingandi. U 3-iyun kuni Ichki ishlar vazirligiga soʻroqqa chaqirilgan. Soʻroqdan soʻng tergovchi uni gumonlanuvchi sifatida hibsga olish toʻgʻrisida qaror chiqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyev: “Bizga parlament respublikasi kerak - bu xayolida kolxoz va Qoʻqon xonligi boʻlgan prezidentdan yaxshiroq”