20:43 / 08.06.2019
3 002

Rossiya va Belarus yagona valyuta joriy etish masalasini muhokama qildi

Rossiya va Belarus yagona valyuta joriy etish masalasini muhokama qildi
Rossiya va Belarus ittifoq davlat doirasida integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralarda yagona valyuta joriy etish masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Belarus iqtisodiyot vaziri Dmitriy Krutoy bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bu masala markaziy banklar o‘rtasidagi muzokaralarda ko‘rib chiqilishini, qaror esa ikki davlat prezidentlari tomonidan qabul qilinishi bildirdi.

Belarus iqtisodiyot vaziri yagona valyuta borasidagi masala muzokaralarda asosiy o‘rin tutmasligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yagona iqtisodiy makon yaratishning asosiy shartlari barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilishi, so‘nggi bosqich esa yagona valyuta bo‘lishi lozim.

Rossiya va Belarus o‘rtasida ittifoq davlati tuzish to‘g‘risidagi shartnoma 1999 yil dekabrda imzolangan bo‘lib, 2000 yildan kuchga kirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Belarus yagona valyuta joriy etish masalasini muhokama qildi