5 954
Moskvada politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Moskvada 7 iyun kuni O‘zbekiston fuqarosi politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarni tasdiqladi.
«O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi T.S.ning 7 iyun kuni Moskva shahar ‘Koptevo’ IIBdan qochishga va politsiya xodimining tabel qurolini qo‘lga kiritishga urinishi chog‘ida otib o‘ldirilganligi to‘g‘risida OAVning tarqatgan xabarlarini tasdiqladi», — deyiladi TIV axborotida.
Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda va uning yakunlari yuzasidan protsessual qaror qabul qilinadi. «Elchixona konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan», — deyiladi rasmiy axborotda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi