18:56 / 09.06.2019
9 854

Priyanka Chopra ochiq kiyingani uchun internet foydalanuvchilarining g‘azabiga uchradi

Priyanka Chopra ochiq kiyingani uchun internet foydalanuvchilarining g‘azabiga uchradi
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hind aktrisasi va modeli Priyanka Choprani InStyle jurnali muqovasida chop etilgan yarim yalang‘och surati uchun tanqid qildi, deb yozdi Darakchi.uz nashri.

Priyanka Chopra bu suratni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan. U mazkur suratga hind ayollarining milliy libosi bo‘lgan sarida tushgan. Hind ayollari odatda sarining tagidan yengil matodan tikilgan kofta kiyishadi. Biroq stilistlar eringan shekilli, Priyanka Chopraning yelkasini koftasiz, ochiq qoldirishgan.

Aktrisa suratni “Sari hind ayollarining eng sevimli milliy libosi hisoblanadi. U ayolga go‘zallik va latofat baxsh etadi. Menga sari judayam yoqadi, unda o‘zimni erkin va qulay his qilaman...”, deb izohlaganiga qaramay, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni “uyatsiz”, “beandisha” , deb atashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Priyanka Chopra ochiq kiyingani uchun internet foydalanuvchilarining g‘azabiga uchradi